O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Rasulov Raufjon G‘ofurovich “O‘zstandart” agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Bosh direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

R.Rasulov 1994 yil Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 2015 yildan “O‘zstandart” agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Agentlikdagi faoliyatiga qadar O‘zteleradiokompaniyada muharrir, katta muharrir lavozimlarida ishlagan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Manba: O‘zA