Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Jeneva shahrida Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik to‘siqlar (JST STT) to‘g‘risidagi bitimi” bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu chuqurlashtirilgan kurslar JST STT qo‘mitasi ekspertlari boshchiligida, alohida seksiyalar ishlari esa Kanada standartlar ittifoqi strategik siyosat va hamkorlik bo‘limi rahbariyati hamda ASTM Internationalning tashqi aloqalar rahbariyati, Yevropa Komissiyasining ichki bozor, sanoat, tadbirkorlik hamda kichik va o‘rta biznes bo‘yicha bosh direktori, BIPM rahbari Endi Xenson va OIML (Qonunlashtiruvchi Metrologiya xalqaro tashkiloti) rahbari Yan Danmill, AQSh milliy standartlar va texnologiyalari instituti, Yevropa Hamkorligining akkreditatsiya bo‘yicha ijrochi vakili, ISOning muvofiqlikni baxolash qo‘mitasi rahbari va boshqalar tomonidan olib borilyapti.

Ushbu kursda dunyoning 25 mamlakati ishtirokchilari qatnashmoqda.

Jumladan O‘zbekiston nomidan ushbu yuqori nufuzli xalqaro anjumanda “O‘zstandart” agentligi vakili sifatida Standartlar instituti direktorining nomzodi ilgari surilgan.

Kurs davomida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya, muvofiqlikni baholash va umuman sifat infrastuzilmasining savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tilmoqda.