Standartlar institutida Turk standartlar instituti (TSE) bilan hamkorlikda IOC SMIIC 1 “Halol” oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy talablar va ISO 22000:2018. “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menedjment tizimlari” xalqaro standartlari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar ishi Turk standartlar instituti (TSE)ning tajribali xalqaro ekpert-auditori, EOQ-Yevropa Sifat Tashkilotining Turkiya vakili, SMIIK standartini ishlab chikuvchi komissiya a’zolaridan biri, biologiya fanlari doktori Muzaffar Uzan tomonidan olib borildi.

Xalqaro o‘quv kursiga O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Sanitariya va epidemologiya nazorati davlat korxonasi, “O‘zstandart” agentligi sinov va sertifikatlashtirish hududiy bo‘limlari xodimlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy firma, korxona va jamoat tashkilotlarining xodimlari jalb etildi.

O‘quv kursi yakunida qatnashchilarga xalqaro maqomdagi sertifikatlar topshirildi.