“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida, oziq-ovqat sanoati sohasidagi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashqilotining – CODEX ALIMENTARIUS standartlari aslicha qabul qilindi.
Mazkur xalqaro standartlarni qabul qilinishi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, standartlash hamda agrobiznes yo‘nalishida konsalting, marketing xizmatlarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan intensiv agrosanoat tizimini tashkil qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga zamin yaratadi.