Joriy yilning 10–13 fevralь kunlari Standartlar instituti Turk standartlar instituti bilan hamkorlikda barcha korxona va tashkilotlardagi soha mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv kursi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu o‘quv kursida ISO 50001 Energetika menejment tizimlari hamda Sog‘liqni  saqlash    va   mehnat   xavfsizligi   menejment   tizimlari  yo‘nalishlari bo‘yicha dars soatlari o‘tiladi.

O‘quv kursini Turk standartlar instituti xalqaro toifadagi ekspert auditori Nixat Ko‘luk olib boradi.