2020 yil 28-fevral kuni  Belorusь davlatning Minsk shaxrida ushbu Bitim loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda MDH Ijroiya qo‘mitasi, Standartlashtirish, metrologiya

va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashi, Belarusь, Rossiya, Ukraina, Moldova, Armaniston milliy organlarning vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda "O‘zstandart" agentligi  va Tashqi ishlar vazirligi mas’ul vakillari videokonferentsiya shaklida katnashishdi.

Muhokama ishtirokchilari ushbu Bitim loyihasining bir qator bandlari bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha MDH Ijroiya qo‘mitasi barcha MDH mamlakatlariga bayonnoma taqdim etadi. 

Xalqaro xamkorlik boshqarmasi