Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va Yevropa Standartlashtrish tashkilotlari (CEN va CENELEC) COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy asboblar va shaxsiy himoya vositalariga oid bir qator xalqaro standartlarni bepul taqdim etishga qaror qildi.

Xalqaro standartlarni taqdim etishning maqsadi- ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan kompaniyalarga shoshilinch zarur uskunalarni ishlab chiqarishga yordam berishdir. Ushbu standartlar filtr niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar va himoya kiyimlariga bo‘lgan asosiy talablarni tavsiflaydi.

Terri Breton, Ichki bozor bo‘yicha Yevropa Ittifoqi komissari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab shunday deydi: "Koronavirusga qarshi kurashda biz zudlik bilan, hamjihatlikda va kelishilgan holda harakat qilishimiz kerak. Bizga juda zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqarishning innovatsion usullari kerak. Men ishlab chiqaruvchilarni

o‘z mahsulotlarini kengaytirish va o‘zgartirish imkoniyatlarini o‘rganishga va shu bilan niqoblar va ximoya kiyimlarini ishlab chiqarishni boshlagan to‘qimachilik va poyabzal ishlab chiqaruvchilarining ijobiy namunalariga ergashishga da’vat qilaman. Men ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bor kuchimni sarflayman. Men CEN va CENELEC takshilotlari, niqoblar va boshqa tibbiy himoya vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan standartlarni bepul berishga qaror qilganliklari haqida mamnuniyat bilan xabar beraman. Ushbu taklif hozirda amal qiladi. "

Ryudiger Markvardt, Germaniya standartlashtirish takshkiloti (DIN) kengashi a’zosi: "Standartlar tibbiy asboblar va shaxsiy himoya vositalarining xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarishda yordam berish uchun juda muhimdir. Boshqa milliy standartlashtirish tashkilotlari, shuningdek CEN va CENELEC takshilotlari bilan birgalikda Germaniya standartlashtirish takshkiloti Yevropa ittifoqi komissiyasining koronavirusiga qarshi kurashish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. "

Ma’lumot Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti va Germaniya standartlashtirish tashkiloti rasmiy saytlari axboroti asosida tayyorlandi.

https://www.iso.org/news/ref2494.html

https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_20_502

https://www.din.de/en/din-and-our-partners/press/press-releases/covid-19-din-makes-standards-for-medical-equipment-available-708628

Tibbiy asboblar va shaxsiy himoya vositalariga oid xalqaro standartlarni bepul yuklab olish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligiga murojaat qilishingiz mumkin.