Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish yuzasidan e’lon qilingan karantin munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator qulayliklar yaratdi. Jumladan, Agentlik va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida qo‘shma qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalari Sanitariya epidemilogiya xulosasiga asosan hamda sertifikatlashtirish idorasining ariza qabul qilnganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan muvofiqlik sertifikatisiz olib kiriladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari importyor tomonidan taqdim etilgan mahsulot namunalari asosida muvofiqlikni baholash ishlari amalga oshiriladi.