“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament xodimlari tomonidan yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, va karantin sharoitida  tadbirkorlik sub’ektlariga onlayn telefon va internet vositalari orqali profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ular zarur bo‘lgan standartlar bilan bepul ta’minlanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan inson tanasidagi haroratni tezkor tekshirish uchun mo‘ljallangan infraqizil tibbiyot termometrlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish ishlari bepul amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.