Xalqaro tajriba Yevropa bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda GLOBALG.A.P sertifikati muhim ekanligini ko‘rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tayyorlangan maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda GLOBALG.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124 dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan, ushbu sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170000dan oshadi.

Sertifikatlangan xo‘jaliklarning umumiy sonidan o‘simchilik mahsulotlar (shu jumladan meva va sabzavotlar) ulushi taxminan 75 foizni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi 15 foizni, akvaekinlar ulushi 10 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda respublikamizda ham GLOBALG.A.P standartini joriy etish va halqaro tan olingan idoralar tomonidan muvofiqligini baholash ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, mahalliy hokimliklar va xalqaro donor tashkilotlar (USAID,GIZ) hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida ushbu xalqaro sertifikatni olgan korxonalar soni 45taga yetkazildi.

Yevropa Ittifoqi va GLOBALG.A.P.  tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuqori baholanmoqda, maʼlumotlar bilan batafsil tanishish uchun quyida  keltirilgan  manzilga kirish tavsiya etiladi:

GLOBALG.A.P.

https://www.globalgap.org/uk_en/mediaevents/news/articles/Cooperation-and-Certification-bring-Uzbekistans-Pomegranates-to-the-World/

Yevropa Ittifoqi

https://eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan/69792/pomegranates-uzbekistan-are-reaching-new-level-thanks-international-certification globalgap_en