“O‘zstandart” agentligi elektrotexnika va avtotransport vositalarining xavfsizlik parametrlari va elektromagnit moslashuvchanligini to‘la baholashni ta’minlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 3,8 mln.yevro qiymatdagi xalqaro bank kreditlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Avtomobillar va uning ehtiyot qismlari sinov bazasini qurish uchun Toshkent viloyatining Piskent tumani “Avtopoligon” hududidan 20,0 gektar yer maydoni ajratildi.
Qurilishi rejalashtiriligan maydon topografik xaritasi ishlab chiqildi va geologiya ishlari amalga oshirildi. Hozirda sinov laboratoriyasini qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilib, ekspertiza xulosasi olindi.
Ushbu loyihani amalga oshirish ishlari 2020 yil 3-chorakda yakuniga yetkaziladi.