“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikka intilmoqda. Hususan, ISO - Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot, OIML - Qonunchilik metrologiyasi, Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash kengashi, MAS - Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasi, COOMET - Yevro-Osiyo milliy metrologiya institutlari hamkorligi, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi.

O‘tgan yillarda SMIIC - Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti, Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi, GLOBAL G.A.P - meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtrish kabi nufuzli tashkilotlariga a’zo bo‘ldi.

Shuningdek, xalqaro va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida 35 ta mamlakat bilan 49 ta bitim va kelishuvlar mavjud bo‘lib, 13 tasi hukumatlararo va 36 tasi idoralararo kelishuvlarni tashkil etadi.