“O‘zstandart” agentligi Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etdi.


Unda – “Akkreditatsiya: Oziq-ovqat xavfsizligini oshirish” mavzusi yuzasidan jurnalistlarga ma’lumotlar berildi.
Jahon statistikaga ko‘ra, oziq-ovqatdan kelib chiqadigan kasalliklar tufayli yiliga deyarli 600 million kishi kasallanadi va 420 ming kishi erta vafot etadi. Ayniqsa, oziq-ovqatdan kelib chiquvchi kasalliklar natijasidagi o‘limning 30 foizi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri kelishini alohida inobatga olish kerak.
Shu sabab, iste’mol qiladigan mahsulotlarimizning xavfsiz va yuqori sifatli ekanligiga ishonch hosil qilish har birimiz uchun muhimdir. Ammo, bu mahsulotning xavfsizligi va sifati nafaqat ishlab chiqarish korxonasidagi yangi asbob-uskuna va zamonaviy texnologiyalarga, balki bu mahsulotning belgilangan talablarga mos kelishini tekshirish, ya’ni mahsulotning sifatini nazorat qilish jarayoniga ham bog‘liq. Buning uchun mahsulotning namunalari maxsus sinov laboratoriyalarida me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlashda sinovdan o‘tkaziladi. Bu faoliyat muvofiqlikni baholash sohasiga kiruvchi amallardan biri hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasida “Muvofiqlini baholash to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Akkreditlangan muvofiqlikni baholash xizmatlari shu jumladan oziq-ovqat sohasida ham hayotiy ahamiyatga molik. Xavfsiz oziq-ovqatlar esa inson salomatligi va xavfsizligi ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab – quvvatlash va xalqaro savdoni targ‘ib qilish masalarida dolzrab o‘ringa ega.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda milliy akkreditatsiya tizimida 462ta sinov laboratoriya, 64ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlari, 18 ta menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, 14 ta inspeksiya organlari va 80 dan ortiq metrologiya xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda o‘taziladigan sinovlar va rasmiylashtiriladigan muvofiqlik sertifikatlariga ishonchiligini ta’milash yuzasidan bir necha yildan beri akkreditatsiya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish va mavjud jarayonlarni xalqaro talablariga uyg‘unlashtirish ishlari olib bormoqda.
«O‘zstandart» agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Akkreditatsiya markazi” DUK tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligida (ARAS) muxbir a’zo hisoblanadi.
2020 yilning 17 aprelidan e’tiboran Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya hamkorligida Markaz o‘z a’zolik maqomini yana bir pog‘onaga ko‘tarilishiga erishdi. Mazkur xalqaro tashkilot doirasida a’zolik maqomini ko‘tarish jarayonida da’vogar idora sifatida Markaz va milliy akkreditatsiya tizimi bir qator talab va xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotganligini ILAC Boshqaruv qo‘mitasiga namoyish qilishga muvoffaq bo‘ldi. O‘zbekistondagi amaldagi milliy akkreditatsiya tizimi ILAC tomonidan tan olingan holda Markazga “ILAC Associate Member” (ILAC tashkilotiga muhbir a’zo) maqomini berdi.
Mazkur a’zolik maqomi Markazga ILAC foaoliyatini tartibga soluvchi 5 ta maxsus ishchi qo‘mitalarida to‘la xuquqli a’zo bo‘lishga va unda ko‘riladigan masalalarida ovoz berish xuquqini beradi. Savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilishga qaratilgan xalqaro hamjihatlik me’zonlari, tartiblari va muvofiqlikni baholash natijalari o‘zaro tan olinishi masalalari yuzasidan O‘zbekiston nuqtai nazarini ilgari surish imkoniyati qo‘lga kiritdi.
Milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida Akkreditatsiya markazi IAF va ILAC ko‘p tomonlama Bitimlarga ko‘shilgan xorijiy davlatlarning akkreditatsiya organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlari olib bormoqda.
Bugungi kunda Belorussiya davlat akkreditatsiya markazi, Turkiya akkreditatsiya agentligi, Koreya akkreditatsiya kengashi, Qozog‘iston Respublikasi milliy akkreditatsiya markazi, Birlashgan Arab Amirligi milliy akkreditatsiya tizimi bilan hamkorlik Bitimlari imzolandi.
Matbuot anjumani so‘nggida Akkreditatsyai markazi mas’ullari jurnalistlarni savollariga javob berdilar.