“O‘zstandart” agentligi tomonidan respublika bo‘yicha jami 164 ta (shundan 155 tasi Global G.A.P., 9 ta Organic) eksportyor korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 10 ta sertifikatlar taqdim etilgan bo‘lib, 135 ta korxonalardan zarur hujjatlar olinib, Eksportni rag‘batlantirish agentligiga arizalar kiritildi.