“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda ishtirok etib mavzu yuzasidan ma’lumot berdi.

Jumladan,

– Respublikada faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda profilaktika ishlari o‘tkazilib, 2 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul ta’minlandi;
– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 ming taga yetkazildi;
– xorijiy mamlakatlarning ilg‘or va zamonaviy standartlari mahalliy sanoat korxonalariga yetkazilmoqda, jumladan Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM) 12 mingdan, Fransiyaning (AFNOR) – 10 mingdan, Yevropaning EN standartlari MDX davlatlarining 5 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi va tadbirkorlarga yetkazib berilmoqda.
Pandemiya davrida xalqaro standartlar asosida 20 tadan ziyod zarur tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, antiseptik vositalar, dezinfeksiya vositalariga tegishli standartlar qabul qilinib amaliyotga kiritildi. Tadbirkorlik sub’ektlari ushbu standartlar bilan bepul ta’minlandi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va filiallari tomonidan Respublika bo‘yicha 800 dan ortiq eksportyor korxonalarning o‘lchov vositalari tegishli tartibda davlat qiyoslovidan o‘tkazilib kelinmoqda.
Shulardan 300 yaqini yirik ishlab chiqaruvchilar sarasiga kiradi. Manfaatdor tomonlar bo‘lgan - jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ariza va murojatlar elektron shaklda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ularning ortiqcha vaqtlari va mablag‘larini tejashga olib keladi.
2020 yilda reja bo‘yicha 2900 ta yangi zamonaviy ilg‘or texnikalar mujassamlangan xalqaro standartlar qabul qilinadi.
Bugungi kunga kelib qishloq-xo‘jaligi sohasiga tegishli 1276 ta standartlar (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan, 70%) amalga kiritilgan. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari tashkil etadi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta YeEK OON standartlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standartlar (2140 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan, 61%) amalga kiritilgan. Bularning 424 tasi xalqaro va 23 tasi xorijiy davlatlarning standartlarini tashkil etadi.
Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash ko‘zda tutilgan.