Pandemiya davrida hududlardagi eksportyor korxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi tomonidan 2795 ta eksportyor korxonalarning faoliyati to‘liq o‘rganildi.
Natijada, 145 ta korxonalardagi muammoli masalalar bartaraf etildi. (standartlashtirish 34 ta, sertifikatlashtirish 25 ta, akkreditatsiya 1 ta, metrologiya 46 ta, halqaro sertifikatlashtirish 45 ta).
164 ta xalqaro standart talablari asosida mahsulotlarini sertifikatlash istagini bildirgan korxonalar ro‘yxati Eksportni rag‘batlantirish agentligiga kiritildi.