Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 – 2022-yillarda amalga oshirish dasturi” boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Seminar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Adliya vazirliklari, Davlat xizmatlari agentligi, “Oʻzstandart” agentligi “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va boshqa manfaatdor idoralardan vakillar ishtirok etishdi.

Kompaniya, firma, brend hamda ishlab chiqarish, savdo obeʼktlari, mahsulotlarga nom qoʻyish (neyming) xizmatini tashkil qilish yuzasidan qizgʻin munozara boʻlib oʻtdi. Tadbirkor va ishbilarmonlarga milliy nomdagi brendlarni yaratish va jahon bozoriga oʻzbek tilida jaranglaydigan atamalardan foydalanishga koʻmaklashish yuzasidan amaliy ishlar belgilandi. Tadbirni Vazirlar Mahkamasi vakili Sahobiddin Musayev olib bordi.

 

Matbuot xizmati