“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Standartlar instituti tomonidan joriy yilda milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish darajasini 21 mingtaga, (yaʼni 75 foiz) yetkazish choralari belgilandi.

Poliz ekinlari, asal, qizilmiya, kovul, qorakoʻl terisi, quruq mevalar singari 6 turdagi milliy mahsulotlarga xalqaro standart loyihalari ishlab chiqiladi.