Standartlar instituti vakillari hamda Turkiya Respublikasining Turk standartlari instituti (TSE) ekspertlari oʻrtasida videokonferensiya shaklida onlayn tajriba almashish muloqoti boʻlib oʻtdi.

Ikki davlat soha mutaxassislarining hamkorlikdagi muloqoti davomida standartlashtirish faoliyati boʻyicha xalqaro (YEN, ISO, IEC) standartlarni qabul qilishning oʻziga xos tartiblari, milliy standartlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, milliy texnik qoʻmitalarning ish faoliyati, shuningdek muvofiqlikni baholash, hamkorlikda oʻquv kurslari tashkil etish kabi masalalar atrofida keng doirada fikr almashildi.