Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali masʼullari hududda joylashgan “CHIRCHIQ GRAND SAVDO” yogʻ-moy mahsulotlari – oʻsimlik yogʻi margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar sifati nazorat qiluvchi korxona laboratoriyalari bilan tanishib, korxona va laboratoriya oʻlchash vositalari roʻyxatini shakllantirishdi, mobil namunaviy oʻlchash vositalari yordamida korxonaga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, korxonaning oʻzida foydalanishda boʻlgan 58 dona oʻlchash vositalari qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi. Hamda kelgusida doimiy hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishib olindi.