Oʻzbekiston Standartlar institutida Respublikamiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – buyuk neʼmat” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati targʻibotchisi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova hamda Standartlar institut rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir mehmoni J.Shermuhammedova oʻz nutqida Vatanimiz mustaqilligining shonli 30 yillik bayrami arafasida yurtimizda olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, har bir sohada qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar va yechimini topayotgan muammolar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, bugun jamiyatimizda ayol, uning jamiyatdagi oʻrni, shaxsiy hayoti, faolligi, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar borasida soʻz bordi.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyati bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Qaysiki millat ezgu amallar, bilim va maʼrifat bilan qurollangan boʻlsa, ana shu millatning kelajagi porloq va yorugʻ boʻlajagi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir ishtirokchilari boʻlgan tashkilotning ishchi-xodimlari, mutaxassislari va xotin-qizlarida targʻibotchi Jamila opaning his-hayajonga toʻla, yuqori saviyadagi motivatsion chiqishlari katta taʼsurot qoldirdi.