Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga ham sanoqli kunlar qoldi. Tarix uchun qisqa sanalgan ushbu yillar xalqimiz uchun nihoyatda qadrli. Barcha sohalardagi islohotlar oʻzgarish va yangilanishlar oʻziga xos tajriba maktabi.

Bugun “Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Muassasasi Chirchiq filiali xodimlari va “Uz Test markazi” Chirchiq filiali xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va Farovon yashaylik” shiori ostida bayram tadbiri uyushtirildi.

Tadbirga Chirchiq shahar Hokimligining Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi rahbari Turayeva Muyassar Ismailovna hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlinmasi bosh mutaxassisi Ergasheva Dilfuza Komoljonovna taklif qilindi.

Filial rahbari Daminov Akbarjon Alijonovich barchani shunday shonli bayram bilan tabriklab, soʻngi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtdi. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va Farovon yashaylik” degan ezgu gʻoya naqadar chuqur mazmun mohiyatga ega ekanligi, yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar, yoshlarga berilayotgan ajoyib imkoniyatlar qolaversa tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirda bugungi kunda hayotimizda maʼnaviyatning oʻrni ne chogʻlik muhim ekanligi haqida soʻz bordi.

Tadbirga Chirchiq shahar Hokimligining Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi rahbari Turayeva Muyassar Ismailovna soʻzga chiqib mavzu yuzasidan oʻz maʼruzalarini oʻqidi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish va tub oʻzgarishlar borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan aniq misollar keltirdi. Keyingi besh yilda amalga oshirilgan bunyodkorlik va qurilish ishlari jadal suratda tus olayotganligini hokimiyat vakillari quvonch bilan tilga oldi. Tadbir davomida bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Ergasheva Dilfuza Chirchiq shahrida boʻlayotgan yangiliklardan filial xodimlarini boxabar qildi. Hamda kelgusida oʻtkaziladigan uchrashuv va bayramlar toʻgʻrisiga kelishib olindi. Hodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar. Tadbir davomida bayramona kayfiyat ishtirokchilarni tark etmadi. Milliy gʼurur va faxrni his qilgan holda Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barcha xodimlar bir birlarini chin dildan tabriklagan holda bayram tadbiri koʻtarinki kayfiyatda oʻz yakunini topdi.