Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda “UzTest” markazi Samarqand xududiy filiali bilan hamkorlikda Samarqand viloyatidagi mahalliy ekporter korxonalarida soha yangiliklari yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Xususan, oʻrganishlar jarayonida “Sabzavotnavurugʻlari”, “Aziya Metall Prof” korxonalarida xalqaro ISO, standartlarni joriy etish hamda xalqaro sertifikatlarni olish, eksporter korxonalarga berilgan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.