Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro Elektrotexnika komissiyasi Bosh Assambleyasi 85-yigʻilishi oʻz ishini boshladi. Unda Elektrotexnika va energiya sohasiga oid xalqaro standartlarni ishlab chiqish, ularning mamlakat eksport salohiyati va milliy iqtisodiyotini oshirishdagi oʻrni, texnik qoʻmitalar faoliyatini rivojlantirish, standart sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga etibor qaratiladi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirligidagi elchixonasi hamkorligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ilk bora ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida ilk bor agentlik vakillari tomonidan mamlakatimizda standart sohasida olib borilayotgan ishlari yuzasidan taqdimot qilindi. Yurtimizda soʻngi yillarda standart sohasidagi harakatlar IEC tashkiloti rahbariyati va ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi