Chirchiq shahrida metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xoʻjaligi texnikalari va boshqa sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida navbatdagi yarmarka tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi mutaxassislari koʻrgazmada ishtirok etayotgan korxona vakillari bilan uchrashib, korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirishning afzalliklari, eksport mahsulotlar uchun xorijiy davlatlarga qoʻyilgan talablar, sohaga oid qaror va farmolar mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yangi imtiyozlar va yengilliklar to’g’risida tushunchalar bermoqda.