Bugun  “Uz Test”  markazining  Andijon filialida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga kiruvchi  kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi  “Grand Tehnolog”   korxonasiga halqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE  markirovkasidan foydalanish sertifikati topshirildi.

Tabdirda OʻzTTSA boshqarma boshligʻi A. Dodoyev hamda  “Uz Test” markazi masʼullari mazkur xalqaro sertifikatni  topshirdilar.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Xalkaro xamkorlik boshqarmasi,  “Uz Test” markazi,  Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari va  “Grand Tehnolog” korxonasi xamkorligidagi  tinimsiz mehnat, mahsulotlarning sifatini taʼminlash borasidagi saʼyi-harakatlari  natijasida erishildi. Endilikda mazkur korxonalar  Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida xalqaro ISO 9001  sertifikati va SE  markirovkasi ega navbatdagi korxonaga aylandi.