Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan investitsion loyihalar tashabbuskorlarida joriy yilda Buxoro viloyatida  ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonalarda mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish talablari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

“OʻzMMI”, “UzTest” markazi masʼullari  Buxoro tumani “Soʻfikorgar” MFY hududidagi yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “BTS CLUSTERFAT AND OIL” MCHJ korxonasida boʻldilar. Bu yerda hozirgi kunda 80-85 foiz qurilish – montaj ishlari bajarilgan.

Korxonani 2022-yilning mart oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, 70-80 ta qishloq aholisini ish bilan taʼminlaydi.

Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy zavod liniyasi va maxsus laboratoriya jihozlari toʻliqligicha olib kelinayotgan boʻlib, fevral oyida montaj ishlari yakunlanadi.

Zavod bir kunda 200 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlib, qadoqlash uchun maxsus plastmas butil va shisha idishlarning ham ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Zavod ishga tushishi bilan ikkinchi liniya, yaʼni sovun, atir-upa maxsulotlari ham ishlab chiqariladi.

Navbatdagi korxona “Tekstil plays” ishlab chiqarish korxonsi boʻlib, mazkur korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va uni eksportga chiqarish boshlab yuborilgan.

Zavodda Ekstraksiya, Rafinatsiya, Qadoqlash uchun – Xitoy davlatidan, Press – Turkiya davlatlaridan keltirilgan eng soʻngi rusumdagi uskunalardir.

Korxona bir kunda 200 tonna chigitni qayta ishlab chiqarayotgan boʻlib, tayyor paxta shrotini Tojikiston davlatiga eksport qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Korxonada maxsus tahlil laboratoriyasi ishlab turgan boʻlib, zarur meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlangan.

Oʻrganish ishlari tizimli va reja asosida   davom ettirilmoqda.