Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi tomonidan Agentlik huzuridagi tashkilotlarning Jizzax viloyati filialida “Korrupsiya — rivojlanishimiz uchun toʻsiq” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlanishi, belgilangan ichki tartib qoidalarga rioya qilinishi hamda korrupsiya alomatlari vujudga kelgan hollarda “Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi”ga murojaat qilishlari kerakligi aytib oʻtildi.