OʻzTTSA va tizim-tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish va lotin alifbosiga oʻtish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Namangan viloyati hududiy filiallarda monitoring oʻtkazildi.

Hududiy filiallarda ish yuritish ishlari lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida olib borilayotgani, murojaatlarga javoblar, rasmiy xatlar, ichki buyuruqlar ham toʻliq davlat tiliga oʻtkazilgani, jamoada asosan yoshlar boʻlgani uchun bu alifboga maxsus oʻrganish talab etilmasligi taʼkidlandi.

Oʻrganishda ayrim hollarda hujjatlarda orfografik, imloviy va uslubiy xatoliklar mavjudligi aniqlanib, mazkur xatoliklar oʻz vaqtida bartaraf etildi.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, hududiy filialida yangi laboratoriya uskunalari sotib olinishi munosabati bilan ularga davlat tilida tavsiflar osib qoʻyilishi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti filialida esa laboratoriyalar, maʼnaviyat xonasi, idoraviy kutubxonalar faoliyatini belgilangan talablar boʻyicha jihozlash zarurligi aytildi.