Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida doimiy davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbir agentlik tizim tashkilotlarining Qoʻqon filiallari tashabbusi bilan boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻqon Pedagogika instituti tarix fanlari dotsenti D. Mamadaliyeva xam ishtirok etib, ayollarning davlat va jamiyatdagi hayotida faol ishtiroki, oiladagi mavqei hamda huquq va erkinliklari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.