Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin TUNEY bilan uchrashuv  boʻlib oʻtdi.

Unda mutaxassislar uchun Turkiya va Oʻzbekistonda xalqaro ISO 17025, ISO 17065, ISO 17043, SMIIC standartlari boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etish, Turkiyadan malakali ekspertlarni jalb etish va xalqaro standartlarini joriy etishning sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv  natijasiga  koʻra  Prezidentimizning 2019-yil 10-oktyabrdagi PF-5848-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 6-10-iyun kunlari  Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) hamkorligida Standartlar institutida «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va SMIIC standartlari» boʻyicha  oʻquv seminar tashkil etishga kelishib olindi.