Agentlikning Qashqadaryo hududiy filiallari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan poyabzal mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi  “UZSHOES” korxonasi masʼullari va  xodimlari bilan uchrashdilar.

Unda jamiyat mutasaddilariga Yevropa Ittifoqining GSP+ doirasidagi davlatlariga eksport qilish istiqbollari, soha yoʻnalishi boʻyicha kadrlar malakasini oshirish, xalqaro standartlar va sifat menejment tizimlarini  joriy qilinishi yuzasidan maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, jamiyatda  bugungi kunda faoliyat koʻrsatayotgan kadrlarni soha yoʻnalishi boʻyicha malakalarini oshirishda koʻmak koʻrsatilishi maʼlum qilindi.