OʻzTTSA va  Chirchiq hududiy filiallari masʼullari Toshkent viloyati Chirchiq shahridgi “Kichik sanoat hududida” faoliyat yuritayotgan “LYUKS-ELEGANT-SERVIS” korxonasida boʻlib, ishlab chiqarishdagi mavjud muaʼmmolar oʻrganilib, Issiqlik Qozonxonalari ishlab chiqarish jarayonlari  bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona rahbari Manzura Rustamova ishlab chiqarish jarayonlari va  xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, hamda korxona faoliyati yuzasidan toʻliq maʼlumot berdi.

Uchrashuvda korxona vakillariga qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tadbirkorlarga berilgan  imkoniyatlar, shuningdek, sohaga oid yangiliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Korxonada yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, xalqaro standart va metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi, hamda ishlab chiqarish jarayonlarida  mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi yuzasidan tavsiyalar berildi.