Joriy yilning 16-yanvar kuni mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi va Noritsuisu Co. Ltd kompaniyasi koʻmagida Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takashi Kavamura (Takashi Kawamura) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mutaxassislarning Yaponiyada olayotgan tajribasi, Yaponiya sanoat standartlari, muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish mavzusiga oid masalalarda fikr almashildi. Uchrashuv natijasiga koʻra soha yoʻnalishlarida doimiy hamkorlik olib borishga kelishildi. Hamkorlikning yangi istiqbollari Yaponiya ommaviy axborot vositalarilarda keng yoritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida tashkil etilgan mazkur grant dasturda mutaxassislar mebel va mebel mahsulotlari butlovchi qismlarini sinovdan oʻtkazish, standartlashtirish va muvofiqligini baholash yoʻnalishida tajriba oshirmoqdalar.

Halqaro hamkorlik boshqarmasi