Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining  topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Sifat Sertifikatlashtirish Markazi  (China Quality Certification Centre) bilan muloqot olib borildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, Xitoyda SSS idorasi tomonidan sertifikatlanishi majburiy bo‘lgan import mahsulotlar ro‘yxati olindi va Xitoyda import mahsulotlarga qo‘yilgan talablar mavzusida  o‘quv seminari o‘tkazishga kelishildi.