Agentlikning “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sof mega stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi vakillari bilan uchrashishdi.

Filial mutaxassislari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan un mahsulotining muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirishda, mahsulotlar sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.