Elektr kattalik namunaviy o‘lchov vositalarining yangilanishi

 

“Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasi elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi yangi zamonaviy E4980A turidagi LCR (induktivlik, sig‘im, qarshilik) o‘lchagichi hamda 3458A raqamli multimetr bilan butlandi. Bu turdagi o‘lchash vositalari yordamida avval qamrab olinmagan, chet el davlatlari milliy metrologiya institutlariga olib borilgan induktivlik, sig‘im, qarshilik o‘lchovlari va o‘lchash vositalarining qiyoslash chegaralar (diapazon)ini kengaytirish va aniqligini oshirish, shuningdek, eskirgan, ishlab chiqarishdan olingani tufayli ta’mirlashga yaroqsiz bo‘lgan, aniqlik sinfi pastroq bo‘lgan o‘lchash vositalarini almashtirish imkoniyatlarini berdi. Bunday yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan davlat metrologik xizmatining butlanishi chet elga qiyoslash va taqqoslash uchun olib borishga ketadigan valyutaning sarifini kamaytirish imkonini beradi.