Toshkent viloyatida regbi bo‘yicha nufuzli musobaqa yakunlandi

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining III divizion bahslari yakunlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Eron va Livan terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. 

Regbi bo‘yicha Osiyo chempionatining III divizion bahslari regbichilarimizning tajriba va mahoratini oshirishga xizmat qildi. Musobaqaning dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi eronlik raqiblari bilan 13:13 hisobida durang o‘ynagan edi. 

Livan terma jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi bahsda ham regbichilarimiz 24:24 hisobidagi durang natijani qayd etdi.