“O‘zstandart” agentligi: birgina Nukus shahrida 11 turdagi sifatsiz isitish elektr pechlari va isitish qozonlari sotilayotgani aniqlandi.

“O‘zstandart” agentligi Respublikamizning barcha bozorlari va savdo majmualarida aholiga sotilayotgan sertifikatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan elektrotexnika mahsulotlarini fosh etdi.

Shu o‘rinda ayrim raqamlarni e’tiboringizga havola etishni lozim deb topdik.

Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi o‘rganishlar natijasida ham bozorlar va savdo majmualarida sertifikati bo‘lmagan mahsulotlar iste’molchilarga sotilayotgani aniqlandi.

Jumladan Nukus shahridagi Ye.Allakazor ko‘chasi bo‘yidagi “Trikolor” va Otayuli ko‘chasi bo‘yidagi “Texnoxit” ma’ishiy texnika savdo shaxobchalarida sotilayotgan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan Isitish elektr pechlari va isitish qozonlarining jami 28 ta mahsulotdan 11 tasining sertifikati yo‘qligi va sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgan holatlari aniqlandi.

Hurmatli iste’molchilar, “O‘zstandart” agentligi Siz va oilangiz uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan sifati kafolatlanmagan, sertifikati bo‘lmagan sifatsiz mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishingizni yana bir bor ogohlantiradi.

Mahsulotni sotib olayotgan vaqtda albatta muvofiqlik sertifikatini so‘rashni va talab qilishni aslo unitmang.

Keyingi maqolalarimizda qolgan viloyatlarda qaysi savdo rastalarida sifati kafolatlanmagan mahsulotlar sotilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beramiz.

“O‘zstandart” agentligi yangiliklarini kuzatib boring va Sizni hamda oila a’zolaringizni hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan sifati kafolatlanmagan, sertifikati bo‘lmagan sifatsiz mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanayotgan savdo rastalari haqida habardor bo‘ling.

“O‘zstandart” agentligi Sizni sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarni xarid qilmasligingizni maslahat beradi.