Toshkent viloyati ishlab chikariuvchi korxona vakillari bilan seminar uchrashuvi o‘tkazildi


Joriy yilning 18 aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida “Toshkent viloyatidagi korxonalarda maxsulot ishlab chikarishda xalkaro standartlar talablarini joriy etish” mavzusida seminar uchrashuvi o‘tkazildi. Seminarda “O‘zstandart” agentligi “Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori A.U.Mirzaxanov va markazning malakali yetakchi mutaxassislari, shuningdek Toshkent viloyatida joylashgan ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.
Sertifikatlashtirish idorasi boshlig‘i F.A.Xusanova yig‘ilish katnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Rayosatining 2017 yil 13 martdagi "O‘zstandart" agentligi rahbariyati tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek ishlab chikarish korxonalarida xalkaro standartlarga muvofik sifatni boshkarish tizimlarini joriy etish yuzasidan kurilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi 24- sonli bayonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda ishlab chikarilayotgan asosiy maxsulotlar turidan kelib chiqib maxsulotlarga xalkaro standartlar talablarini joriy etish to‘g‘risida ma’ruza kildi. 
Seminar suhbat tarzida o‘tkazilib, tashrif buyurganlarni qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.