Sinxron suzish bo‘yicha musobaqa

Buxoro shahridagi “Dilkusho” suzish havzasida sinxron suzish bo‘yicha 2005-2007-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Unda mezbonlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan 100 ga yaqin yosh sportchi ishtirok etdi. 

Chempionatning yakkalik chiqishlarida Toshkent shahri hamda Andijon va Buxoro viloyatlari sportchilari yuqori natijalarga erishdi. 

Guruh bahslarida g‘oliblik poytaxtlik qizlarga nasib etdi.