“O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Hududiy markazlarning sinov va o‘lchov laboratoriyalariga namunaviy o‘lchov vositalari xamda sinov uskunalarini xarid qilish” reja-dasturiga muvofiq, 2017 yilning ikkinchi yarimida “Qashqadaryo SSM” DKning «O‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv o‘tkazish» bo‘limi uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan, Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan “IMITATOR IS-24/3” rusumli tezlikni o‘lchashvositalarini qiyoslash uskunasi xarid qilinib keltirildi.
Ushbu uskuna yordamida o‘lchash chegarasi 300 km/soat tezlikgacha bo‘lgan tezlikni o‘lchash vositalari va tasvirga oluvchi radar uskunalarini davriy va birlamchi qiyoslovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu uskuna davlat avtomobil nazorati yo‘l patrul xizmati hodimlari ixtiyorida bo‘lgan xar xil rusumdagi tezlikni o‘lchash, uni ro‘yxatga olish va tezlikda bo‘lgan avtotransport mashinasini tasvirga olish uskunalarini, shuningdek viloyatda mavjud yirik ishlab chiqarish korxonalariga qarashli avtosaroylarda tezlikni o‘lchash vositalarini qiyoslovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi. Shunindek ushbu uskuna zamonaviy, aniqlik darajasi yuqori, qulay, foydalanishda oddiy xamda mobil foydalanish xususiyatlariga egadir. Hozirgi kunga qadar viloyatda mavjud barcha tezlikni o‘lchash vositalarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish xizmatlari Buxoro va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilar edi, ushbu uskuna yordamida ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olinadi va qo‘shimcha imkoniyatlar yaraladi.