O'zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16-fevraldagi 25-sonli Respublikada eksport salohiyatini, mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini, mahsulotlarni standartlashtirish tizimini rivojlantirish ustuvor vazifalari bo'yicha majlis bayoni 5-ilovasiga muvofiq 2017 yilda hududlarda zamonaviy sinov laboratoriyalarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo'yicha reja jadval ishlab chiqilgan bo'lib viloyat hokimining 1-o'rinbosari tomonidan tasdiqlangan. Mazkur reja jadval bo'yicha Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korhonasi tomonidan xar bir tashkilotga mutaxassislar biriktirilgan bo'lib xamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.