O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 2017 yil 10 mart kuni davlat boshqaruv organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘linmalarining rahbarlaridan tashqari, “O’zstandart” agentligining tizim tashkilotlari ishtirok etdilar. Seminarda “O’zstandart” agentligining  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va  rivojlantirish guruhi boshlig’i Matkarimov Umarbek va “O’zstandart” agentligining  AKTni rivojlantirishga mas’ul etilgan tizim tashkiloti “Shtrixli kodlash markazi” DK direktori Ibragimov Shuhratbeklar “Agentligning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq etish strategiyasi” mavzusida ma’ruza qilib berishdi.

Shuningdek, tadbirda davlat boshqaruvi organlarida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati, ochiq ma’lumotlar, “Litsenziya” ATK hamda davlat xizmatlari, shakl va blankalar Yagona reyestri yuzasidan “Elektron hukumat” markazining bo‘lim boshlig‘i Amirjon Nosirov tomonidan batafsil taqdimot orqali ma’lumot berildi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashkilotlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Manba: Axborot-xizmati