Respublikamizning yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishning ahamiyati
“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini quyidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2002 yildagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori; 
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 yildagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori;
- O‘zR VM 28.04.2011 y.dagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori;
Standartlashtirish - mahsulot va xizmatlarga majburiy talablarni belgilash orqali eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat
Texnik jixatdan tartibga solish - mahsulot va xizmatlarning xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish soxasidagi munosabatlarni tartibga solish
Metrologiya - o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari, kerakli aniqlikka erishishga qaratilgan faoliyat
Sertifikatlashtirish - mahsulot va xizmatlarning normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash