O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini bajarish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2017—2020 yillarga mo‘ljallangan Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
“O‘zstandart” agentligi belgilangan dasturga asosan, joylarda ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar hamda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Samarqand shahridagi Matbuot markazida tashkil etildi. Tadbirga ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan birgalikda tadbirkorlarning ishtiroki uchrashuvning bahs-munozoralarga boy bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Samarqand Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i M.Saidov, “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi direktori v.v.b A.Nabiyev hamda mas’ul xodimlar yig‘ilganlarga uchrashuvning mazmun-mohiyati xususida batavfsil ma’lumot berdilar.
“Agentlik tizimi sohalari juda keng qamrovli, jamiyatimizdagi tarmoqlar standart va texnik reglamentlar bilan tartiblashtirib borilar ekan. Biz jurnalistlarga ko‘proq shu kabi ma’lumotlarni berib borsangizlar, aholi va tadbirkorlarga xavfsiz va sifatli mahsulot hamda xizmatlarni tashkil etishda targ‘ibotni oshiramiz” – deydi, jurnalist Rohila Ochilova.
Viloyatda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan belgilangan tadbirlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan ushbu tadbir kelgusi rejalarni belgilab olishga asos bo‘lishi bilan ham ahamiyatlidir.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish