Mahsulotlarning jahon bozoridan munosib o‘rin egallashi borasida uning sifat ko‘rsatkichlari bozorning birinchi qonunidir.

Zero, mahsulot va xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish – iqtisodiyotimiz rivojining muhim omili hisoblanadi. Tadbirkorlarimiz ishlab chiqarayotgan va sifat jihatdan dunyoning yetakchi kompaniyalari tovarlari bilan bemalol raqobatlasha oladigan mahsulotlarimiz bugungi kunda 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarimiz dunyoning 80 ta davlatlariga eksport qilinmoqda.

Joriy yil tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi tomonidan 114 ta korxonada ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimlari joriy etish hamda ushbu tizim bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida investitsiya loyihasi asosida bunyod etilgan “DAVR ShAROB” mas’uliyati cheklangan jamiyati ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi asosida sertifikatlashtirildi. Jamiyatning texnologik liniyalari, sinov laboratoriyasidagi uskunalar Italiya davlatidan keltirilgan bo‘lib ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar to‘liq xalqaro standartlar talablariga javob beradi.

Shuningdek, jamiyat tasarrufidagi sinov laboratoriyasi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomomnidan O`z DSt 3170:2017 standarti talablari asosida attestatsiyalanib bugungi kunda sinov laboratoriyasi to‘liq faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning asosiy qismi chet va ko‘shni davlatlarga eksportqilinmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilayotgan bu kabi tadrijiy o‘zgarishlar, rivojlanishlarni dunyodagi yetakchi iqtisod namoyondalari, yirik biznesmenlar, O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun sog‘lom va qulay ishbilarmonlik muhiti mavjudligi, bu borada qonunlar va muhim xujjatlar qabul qilinayotgani yetakchi davlatlarning mamlakatimizga bo‘gan qiziqishini oshirmoqda.

Axborot xizmati