Bu dunyoda inson qadri va uning xotirasidanda azizroq ma’naviy boylik bo‘lmasa kerak. Afsuski, xotiralar hamisha tiniq va musaffo bo‘lavermaydi. Ikkinchi jahon urushi va uning xalqimizga keltirgan kulfatlari, alamlari hech qachon unut bo‘lmaydi. Ayni kunlarda yurtimizda urush va mehnat faxriylari e’zozlanib, ularga ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Jang maydonlarida jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga qancha ta’zim aylasak shuncha kam. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarning mardlik va jasoratingiz bugungi va kelgusi avlodlar uchun hamisha ibrat namunasi bo‘lib qoladi!

Barcha faxriylarimizni hamda yurtdoshlarimizni 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz. Hamisha tinch va osoyishta yurtimizda barchamizni tiniq va quvonchlarga to‘la xotiralar tark etmasin!