- “UzTest” davlat korxonasining Sinov va nazorat kompleksi tarkibidagi sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini amalga oshirish bilan birga, “O’zstandart” agentligi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epedimiologiya nazorati markazining buyurtmalariga asosan, davlat nazorati bilan bog’liq bo’lgan sinovlarni (o’simliklar karantini xizmati va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) amalga oshiradi.

- 2019-2020 yillarda Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti kurslarida malaka oshiradigan mutaxassislarning hududlar va ixtisosliklar bo’yicha taqsimotlarini tahlil qiladi.

- “O’zstandart” agentligi mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan birgalikda hududlarning sanoat, ishlab chiqarish va eksport salohiyatidan kelib chiqib, mazkur qarorga asosan, “UzTest” davlat korxonasining hududiy filiallarini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilgan holda rivojlantirish choralari  ko’riladi.