Mustaqilligimizning 28-yilligi bayrami munosabati bilan “O‘zstandart” agentligidagi bayram dasturlari shunday nomlandi.

Dastlab, bayram dasturi bolajonlarga quvonch ulashish bilan boshlandi. Agentlik va tizim-tashkilot xodimlarining birinchi sinfga qadam tashlagan o‘g‘il-qizlariga yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quv qurollari va boshqa sovg‘alar topshirildi. Shundan so‘ng ular uchun bayramona musiqiy dasturlar namoyish etildi.

 

Shundan so‘ng, Agentlikning bir guruh xodimlari ham mustaqillik bayramining 28-yilligi munosabati bilan Faxriy yorliqlar va qimmat baho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bayramda so‘z olganlar, istiqlol yurtimiz, xalqimizning ertangi kelajagini ta’minlab beradigan,taraqqiyotimizning poydevori ekanligi, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin olishimiz uchun cheksiz imkoniyat yaratib beradigan aziz va qadirli bayram ekanligini ta’kidladilar.